icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari keng qamrovli hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iyligini tasdiqladilar

11.10.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum yuksak darajada o‘tkazilgani bilan samimiy muborakbod etdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash jadal o‘sayotgani, chegaraoldi savdo hududini ishga tushirish bo‘yicha birgalikda olib borilayotgan ishlar, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol hududlarlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ham muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo