icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti FAO bilan strategik sheriklik bo‘yicha uzoq muddatli dastur qabul qilish muhimligini ta’kidladi

05.09.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuyni qabul qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli t tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Uchrashuv avvalida BMTning yuqori martabali vakili dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etayotgan forumni muvaffaqiyatli o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagani uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi samarali chora ko‘rish borasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda amaliy hamkorlikda erishilgan samarali natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, 2025-yilgacha bo‘lgan davrda hamkorlik bo‘yicha mamlakat dasturini bajarish sifat ko‘rsatkichlari ikki barobar yaxshilandi. Hozirda 34 ta loyiha faol amalga oshirilmoqda. O‘tgan bir yil ichida dehqonchilik, maktablarda ovqatlanish, veterinariya, agrokimyo va boshqa sohalarda 7 ta yangi loyiha ishga tushirildi.

Yangi besh yillik sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Agrosanoat majmuasini raqamlashtirish, ilg‘or bilim va tajriba almashish, yer fondi unumdorligini oshirish, organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy klasterlar va logistika markazlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha istiqbolli qo‘shma loyiha va tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq global va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo