icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi

23.08.2024

Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;

- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

- Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

- Maktabgacha ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘rta maxsus, oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnomalar;

- 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi";

- 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi;

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Sud ekspertizasi markazlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.

Tashrif doirasida Toshkent va Boku, Shahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo