icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident qo‘shma korxonaning yangi loyihasi bilan tanishdi

19.08.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini sanoat salohiyati bilan tanishishdan boshladi.

“Nukus Elestroapparat” qo‘shma korxonasi 2017-yilda ishga tushgan, unda elektr energiyasi tarmog‘i uchun kuchlanish qurilmalari ishlab chiqariladi. Joriy yil iyunda bu yerda 10 million dollardan ziyod mablag‘ evaziga quyosh panellarini yasash loyihasi ishga tushirildi. Uskunalar Koreya Respublikasidan keltirib o‘rnatildi. Ishlab chiqarish jarayoni 100 foiz avtomatlashtirilgan. Loyihaning yillik quvvati 273 ming dona.

Bu mamlakatimizda muqobil energetikadan foydalanish borasidagi ishlarda qo‘l keladi. Hozirgacha turli inshoot va xonadonlarda 600 megavatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Bu hali davom etadi.

Qo‘shma korxona ichki bozorda talab yuqori mahsulotni mahalliylashtirish bilan birga 4 million dollarlik eksport imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. 70 kishi ish bilan ta’minlandi.

Davlatlarimiz rahbari ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga bunday korxonalarni ko‘paytirish, ularda bozor talabi yuqori mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.

Zavodning o‘zida ham 125 kilovatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Undan olingan elektr ichki ehtiyojlar uchun ishlatiladi, ortiqchasi hududiy elektr tarmog‘iga sotiladi.

So‘nggi yillarda yurtimizda 2 milliard dollar investitsiya hisobiga quvvati 2,6 gigavatt 10 ta quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Shuningdek, umumiy qiymati 19 milliard dollar bo‘lgan 18,6 gigavattli 32 ta “yashil” loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda. Umuman, 2030 yilgacha energetika balansida qayta tiklanuvchi quvvatlar ulushini 40 foizga yetkazish maqsad qilingan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo