icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlandi

09.08.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdilar. Ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilindi. Qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlatimiz rahbariga O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stligini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘z mamlakatining oliy davlat mukofoti - "Oltin Qiron" ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Yetakchilar Qozog‘iston poytaxtida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali ochilishida ishtirok etdilar.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyevga mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sammit doirasida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo