
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
24.07.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Turkiya rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun kunlari Anqara shahriga oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.