icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi

09.07.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ushbu yetakchi moliyaviy institut bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va Yaponiya kompaniyalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, amaliy mazmun bilan boyitgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo va Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hajmi oshib bormoqda, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda.

JBICning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi muhim o‘rni qayd etildi. Bugungi kunda neft-kimyo, to‘qimachilik sanoati, energetika va infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi sohalarni qamrab olgan qo‘shma loyihalar portfeli 3,7 milliard dollardan oshdi.

"Sojitz" korporatsiyasining O‘zbekistondagi faoliyati yuqori baholandi. U bilan birgalikda neft-gaz sohasida qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Kecha Toshkent shahrida kompaniya vakolatxonasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari "yashil" energetika, geologiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish, kommunal xo‘jalik va sog‘liqni saqlash sohalarida Yaponiya kompaniyalari ishtirokida yangi kooperatsiya loyihalarini tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan uch yillik hamkorlik dasturini, shuningdek, "Sojitz Corporation" bilan O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo