icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Tojikiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

05.10.2016

2016-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida o‘zbek va tojik xalqlarini vaqt va tarix sinovidan o‘tgan ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik munosabatlari bog‘lab turishi, bu yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat hamda bir-birining manfaatlarini e’tiborga olgan holda bundan keyin ham samarali hamkorlik uchun qulay va mustahkam asos yaratishi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, zamonaviy O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlariga asos solgan Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Tojikiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon bundan keyin ham ochiq va keng ko‘lamli muloqotni davom ettirishlarini, O‘zbekiston va Tojikistonning turli darajadagi so‘nggi muloqotlari chog‘ida qo‘llab-quvvatlangan taklif va kelishuvlar ikki mamlakat xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi vazifalarni birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildirdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo