icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarini yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirladilar

18.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati, shuningdek, birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar berdilar.

Mamlakatimiz yetakchisining davlat tashrifi doirasida ushbu unvonlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori Mirali Do‘stizoda, Tojikiston milliy konservatoriyasi dots.nti Ismoil Nazriyev, Tojikiston Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasining F.Shaxobov nomidagi "Shoshmaqom" ansambli rahbari Furqat Saidzoda, Bobojon G‘afurov tumani shoshmaqom ansambli rahbari To‘lqin Tojiboyev, A.Jo‘rayev nomidagi Tojikiston davlat filarmoniyasi "Falak" ansambli badiiy rahbari Rahmatullo Hoshimov "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti «Maqom xonandaligi» kafedrasi professori Munojatxon Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi "Lazgi" ashula va raqs ansambli badiiy rahbari Og‘abek Sobirov va xonanda Yulduz Usmanovaga "Tojikiston xalq hofizi" faxriy unvoni, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri direktori Yodgor Sa’diyevga "Tojikiston xalq artisti" faxriy unvoni berildi.

Davlat rahbarlari faxriy unvonlar nishonlarini o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirdilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo