O‘zbekiston Prezidenti “Amea Rower” kompaniyasi bilan hamkorlik rejalarini muhokama qildi
02.12.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifning ishbilarmonlik dasturidagi navbatdagi uchrashuvini “Amea Rower” kompaniyasi raisi Husayn Al-Novays bilan o‘tkazdi.
Mamlakatimizda, eng avvalo, “yashil” energetika va turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Kompaniyaning O‘zbekistonda faoliyat yuritish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.