“Boehringer Ingelheim” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi                        
                    02.11.2023
                    
                    
                    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “Boehringer Ingelheim” kompaniyasi raisi Kristian Vijsen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kompaniya bio- va onkologik preparatlarni shartnoma asosida ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalarning yetakchi yigirmataligiga kiradi.
Uchrashuv chog‘ida birgalikda onkologik dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.


