O‘zbekiston Prezidenti “Lactalis” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
02.11.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “Lactalis” kompaniyasi raisi Emmanuel Bene bilan uchrashdi.
Kompaniya dunyodagi sut va pishloq mahsulotlarining eng yirik ishlab chiqaruvchisidiri. Uning tasarrufida 52 ta mamlakatdagi 270 ta zavod faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuv chog‘ida davlatimiz rahbari kompaniyaning Namanganda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.