O‘zbekiston Prezidenti “Meridiame” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
02.11.2023
Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Meridiame” kompaniyasi raisi Terri Do bilan uchrashdi.
Kompaniya Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrikada infratuzilma sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. O‘n bitta mamlakatda ofislariga ega. Aktivlari – 18 milliard yevro.
Uchrashuvda kompaniyaning “Yangi Toshkent”ni barpo etish doirasida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.