icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident sanoat korxonalarini borib koʼrdi

02.08.2023

Prezident Shavkat Mirziyoev 2-avgust kuni “Аngren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

2012-yilda tashkil etilgan mazkur iqtisodiy zona soʼnggi yillarda ham hudud, ham salohiyat jihatidan kengaydi. U Аngren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Bekobod shahrining bir qismini qamrab olgan. Bugun ushbu zonada 76 ta korxona, ularda 11 mingdan ziyod aholi ishlamoqda.

Ulardan biri – “Premier elektrotech” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 23 million dollarlik loyihasi. Oʼtgan yili dekabrda ishga tushgan bu korxona yiliga 100 ming dona kir yuvish mashinasi va 200 ming dona sovutgich ishlab chiqarish hamda 1 million dollarlik eksport quvaatiga ega. 350 kishi ish bilan taʼminlangan.

Bu loyihaning birinchi bosqichi boʼlib, uni kengaytirish uchun qurilish olib borilmoqda. Ikkinchi bosqich shu yil dekabrda foydalanishga topshiriladi va ish oʼrinlari 450 taga yetadi.

Jamiyat tomonidan, shuningdek, televizor, konditsioner kabi boshqa maishiy texnikalar ham ishlab chiqariladi. Raqobatbardosh bu mahsulotlar MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari Ohangaronda tayyor sanoat infratuzilmasi borligi, bu xorijiy investitsiyalar jalb etish uchun katta imkoniyat ekanini taʼkidladi. Shu kabi korxonalarni kengaytirish maqsadida elektrotexnika sanoati zonasini tashkil etish taklifi bildirildi.

Ohangaron metall quvurlar zavodining joyi besh yil oldin unumsiz dala edi. 2018-yildan boshlab sanoat majmuasi barpo etildi. 49 million dollarlik bu loyiha uchun uskunalar Turkiyadan olib kelindi. Yillik 205 ming tonna metall mahsulotlar tayyorlash quvvati yaratilib, 250 ta ish oʼrni yaratilgan. Joriy yilning 6 oyida qariyb 4 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

“Silk plast quality” korxonasida yiliga 13 ming tonna polimer quvurlar va fiting mahsulotlari tayyorlanadi. 78 kishining bandligi taʼminlangan.

Davlatimiz rahbari shu yerda “Аngren” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʼrgazmasini koʼzdan kechirdi. Yangi loyihalarni shakllantirish, aholi bandligini oshirish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

“Аngren” erkin iqtisodiy zonasida yana 42 ta loyiha boʼyicha ishlar boshlangan. Ularda 5 mingdan ziyod ish oʼrni ochiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo