
O‘zbekiston Prezidenti Jiddaga jo‘nab ketdi
18.07.2023
Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.