icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi

08.06.2017

ShHTning Ostona sammiti doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi. 

O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarining urf-odat va an’analari bir-biriga o‘xshash. Ikki davlat o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelinmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotini rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi. 

Mamlakatimiz Afg‘onistonga elektr energiyasi, meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar eksport qilmoqda. Qurilish, energetika, tog‘-kon sanoati va ta’lim sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Sharifgacha temir yo‘l liniyasi qurilgan. Mamlakatimiz ko‘magi bilan Afg‘onistonda ko‘priklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog‘i barpo etilgan. 

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Afg‘onistonda barqaror vaziyatni tiklash borasida O‘zbekiston amalga oshirayotgan ishlar Afg‘onistonda yuksak baholanishini ta’kidladi va  minnatdorlik izhor etdi. 2016-yil Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tgan majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgani, sammit doirasida ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi. 

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo