icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

03.05.2023

3-may kuni Berlin shahridagi Belvyu saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Federal Prezidentga Germaniyaga tashrif bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik misli ko‘rilmagan sur’atda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy, gumanitar va ishbilarmonlik muloqotlari davom etmoqda. Tomonlar nufuzli xalqaro institutlar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish muhimligi yuzasidan yakdil fikr bildirildi.

Prezidentlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar, amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Jumladan, keyingi yillarda tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar oshdi. Iqtisodiyotimizda Germaniya investitsiyalari hajmi 5,5 milliard yevroni tashkil etmoqda, shundan 4 milliard yevro oxirgi bir necha yilda jalb qilingan.

Prezidentlar umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan savdo shartnomalari va investitsiya-texnologiya bitimlari imzolanishi bilan yakunlangan ishbilarmonlik tadbirlarining natijalarini olqishladilar.

Berlinda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va farovonlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholanmoqda.

Shu ma’noda, Germaniya mintaqadagi o‘zaro bog‘liqlik loyihalarini, shu jumladan Yevroittifoqning “Global darvoza” tashabbusi doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ta’kidlandi.

Tomonlar mintaqada, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi sheriklikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdilar.

Afg‘on xalqiga manzilli gumanitar yordam ko‘rsatish, bunda chegaraoldi Termiz shahrida yaratilgan zamonaviy infratuzilma imkoniyatlaridan ham foydalanish muhimligi qayd etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetakchilar Berlin shahrida O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlab noyob ko‘rgazma ochilayotganidan mamnunligini bildirdilar.

O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganish bo‘yicha kompleks dasturni tayyorlash, shu jumladan mamlakatimiz hududlarida Gyote Instituti faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo