icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

12.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni kechasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotda «Togg» brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari qardosh Turkiya Prezidenti va xalqini katta texnologik g‘alaba – mamlakatda zamonaviy elektromobillarni sanoat usulida ishlab chiqarish boshlangani bilan tabrikladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston va Turkiya yetakchi kompaniyalarining yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi miqyosini yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon muloqoti yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bo‘lajak referendumni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va uning muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo