icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti XXR hududlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

29.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan o‘tkazgan uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va SHUAR o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston hududlarida Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qayta tiklanuvchi energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat parklari va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

Uchrashuv avvalida Ma Sinjuy XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini hamda Xitoy rahbari lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo‘llangan samimiy tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda o‘tgan yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tgan va O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yangi davrni boshlab bergan tarixiy sammitning sermahsul natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

“O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy” temir yo‘lini qurish loyihasini jadallashtirishda ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarimizning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan, shu jumladan savdo, logistika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, turizm va ta’lim sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi aytildi.

Davlatimiz rahbari o‘zaro muloqot va almashinuvni faollashtirish, tashrif va biznes forumlarini tashkil etish, ustuvor loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo