icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident chegarachilarning xizmat va yashash sharoitlarini ko‘rdi

13.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Surxondaryo viloyatidagi vzvodlaridan biriga tashrif buyurdi.

Ma’muriy binodagi sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘zdan kechirildi. Davlat chegarasini qo‘riqlashda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston - Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakatimizda qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish bilan birga harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu vzvod yonida ham shinam xonadonlar barpo etilgan.

Davlatimiz rahbari shunday xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi. Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan suhbatlashdi.

- Vatanimiz himoyachilarining o‘z vazifalarini xotirjam bajarishi, farzandlar tarbiyasi sizlarga bog‘liq. Turmush o‘rtoqlaringizga madadkor bo‘lib, katta jasorat ko‘rsatayapsiz. Sizlar ham Vatan himoyachisizlar, - dedi Shavkat Mirziyoyev harbiylarning rafiqalariga.

Hovlida o‘yingohlar, sport maydonchalari, ayollar uchun tikuvchilik va qandolatchilik xonasi tashkil qilingan. Bolalarni maktab va bog‘chaga eltish uchun avtobus yo‘lga qo‘yilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo