icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagini barpo etish loyihasini jadallashtirish muhimligini qayd etdi

23.02.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi moliya vaziri, komissiyaning Pokiston qismi raisi Is'hoq Dorni qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Is'hoq Dor uchrashuv imkoniyati uchun O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirib, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda tranzit va preferensial savdo to‘g‘risida imzolangan muhim bitimlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, hukumatlararo muzokaralar kun tartibi doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama avtomobil qatnovlarini rivojlantirish hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni Afg‘oniston orqali bog‘laydigan va Pokiston portlariga olib chiqadigan temir yo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish zarurligiga alohida to‘xtaldi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo