icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Bu madaniyatni bobo-momolarimiz qalb qo‘ri bilan yaratgan

02.02.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilon shahridagi “Oltin ipak karvonsaroyi” turistik markazini borib ko‘rdi.

Bu yerga kelgan kishi qadim o‘zbek xonadonlaridagi muhitni his etadi. Majmuaning birinchi qavatida gilamdo‘zlik, kashtachilik, misgarlik kabi xalq hunarmandchiligi xonalari joylashgan. Ularda sayyohlar milliy mahsulotlarimizning tayyorlanish jarayonini yaqindan ko‘rishi, xarid qilishi mumkin.

Ikkinchi qavatda jami 30 o‘rinli qadimiy uslubdagi karvonsaroy tashkil etilgan. Istiqbolda majmua bir yilda 10 mingdan ortiq sayyohlarga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbari milliy o‘zligimizga va yoshlar tarbiyasiga e’tibori uchun hunarmandlarga minnatdorlik bildirdi.

- Hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mana shunday oddiy, samimiy joylarni odam sog‘inadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bu hunarlarni, bu madaniyatni bobo-momolarimiz faqat qo‘li bilan emas, qalb qo‘ri bilan yaratgan. Bir paytlar bu yo‘nalishlar yo‘qolib ketishiga oz qolgandi. Ularni asrab-avaylayotganingiz uchun rahmat. Bu madaniyatimizni nafaqat chet elliklarga targ‘ib qilish, balki farzandlarimizga ham singdirish kerak.

Prezident ustalarning milliy hunarlarni maktablarda o‘rgatish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Mutasaddilarga turizm salohiyatini oshirish, uni targ‘ib etishda kinodan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘tgan yili Marg‘ilon shahriga «Jahon ipak va ikat hunarmandlari shahri» maqomi berilgan edi. Bunday maqomga Buxoro zardo‘zlik, Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha sazovor bo‘lgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo