icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xususiy klinika tibbiyot klasteriga aylandi

02.02.2023

Tibbiyotda xususiy sektorga imkoniyat berilgani raqobat va sifatni oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Farg‘ona viloyatida bunday muassasalar 720 taga yetdi. Ulardan biri Farg‘ona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazidir. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

2021-yil dekabrda foydalanishga topshirilgan klinika zamonaviy tashxis va davolash xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Buning uchun Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Shifoxona 120 ta statsionar o‘ringa, yiliga 2 mingta jarrohlik amaliyotini o‘tkazish quvvatiga ega.

E’tiborlisi, o‘tgan yili tibbiyot markazi huzurida universitet ham ochildi. Hozir 600 nafar talaba o‘qimoqda, ularga chet ellik o‘qituvchilar saboq berayotir. Talabalar tibbiyot markazida amaliyot o‘taydi.

Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinikalar, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni o‘zida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi.

Davlatimiz rahbari shifokorlar bilan suhbatlashdi.

- Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi, buni aholi qabul qildi. Chunki odamlarimiz yaxshi yashashga intilyapti, o‘z sog‘lig‘iga qarayapti. Aholi daromadini oshirish bo‘yicha qilayotgan hamma harakatlarimiz aslida shuning uchun - xalqimizning sog‘lom va farovon yashashi uchun, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Klinikaning intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, transplantologiya, radiologiyani yo‘lga qo‘yish borasidagi loyihalari haqida ma’lumot berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo