icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident mahalla hayotini ko‘zdan kechirdi

01.02.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi Sadda tagi mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi.

Bu mahallada 3 ming 600 nafardan ortiq aholi yashaydi. Oilalar yerdan unumli foydalanishning hadisini olgan. Keyingi yillarda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida parrandachilik, uzumchilik, issiqxonalar tashkil etilmoqda. Shuningdek, mahalla hududida to‘qimachilik korxonasi, oziq-ovqat do‘konlari va ustaxonalar bor.

O‘tgan yili mahalla binosi yangidan qurilib, ko‘chalar ta’mirlandi, ishkomlar barpo etildi.

Aholi bandligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bu mahalla hayotida ham sezilmoqda. Buni mahallada ishsizlik kamligi, o‘tgan yili birorta ham jinoyat bo‘lmaganida ham ko‘rish mumkin.

Davlatimiz rahbari shu yerlik Diyor Mamadaliyev xonadonida mehmon bo‘ldi.

Ma’lumki, Andijon viloyatida aholi zich joylashgan. Uy-joyga talab katta. Jumladan, Mamadaliyevlar uyida ham besh oila yashayotgandi. Shu bois xonadon hovlisida tajriba tariqasida yig‘ma uylar qurildi. Ular kamxarj, issiq-sovuq va yong‘inga chidamli, qurish ham oson.

Prezident mezbonlarni yangi uylar bilan muborakbod etdi. Binoning loyihasi, qurilish materiallariga e’tibor qaratdi.

- Uy insonning eng asosiy ehtiyojlaridan biri. Ham davlat, ham tadbirkorlar tomonidan ko‘plab turar joylar qurilayotgani xalqimiz manfaatini ta’minlayapti. Tanlov imkoniyatini kengaytirish uchun, ehtiyojmandlar uchun bunday arzon uylar ham kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunday uylarni ko‘paytirish, ular uchun zarur qurilish materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo