icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Charm-poyabzal sanoati - mahalliy drayverlardan biri

01.02.2023

Tadbirkorga erkinlik berilsa, qo‘llab-quvvatlansa, gurkirab rivojlanishiga Shahrixon tumanidagi “Elegant shoes and” korxonasi yaqqol misol. Dastlab ishni kosibchilik shaklida boshlagan tadbirkor oxirgi to‘rt yilda kichik binoda faoliyat yuritar edi. O‘tgan yili tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan 8 million dollarlik yangi korxona tashkil etdi. Kelajakni inobatga olib, majmua 4 qavatli qilib qurilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur korxona faoliyati bilan tanishdi.

Uskunalar Turkiya va Xitoydan olib kelingan. Ishlab chiqarishga turkiyalik dizayner va texnologlar jalb qilingan.

Birinchi bosqichda 60 xil poyabzal va charm mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Hozir bu yerda 500 kishi mehnat qilmoqda. Ikkinchi bosqichda yana shuncha ish o‘rni tashkil etiladi.

Korxonaning asosiy mo‘ljali eksport. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 4 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Tadbirkor Yevropa bozoriga chiqmoqchi ekanini aytdi. Davlatimiz rahbari bu bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

- Charm sanoati ham drayverga aylanyapti, korxonalar ko‘payyapti, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Endi ularga kafolatlangan xomashyoni ta’minlab berish kerak. Ikkinchidan, kasanachilik asosida uyda o‘tirgan ayollarni ham jalb qilish zarur. Umuman, bunday ilg‘or korxonalarning rivojlanishiga ko‘mak berib, klasterga aylantirish mumkin.

Mutasaddilarga ilmiy institutlarga buyurtma berib, import bo‘layotgan xomashyo materiallarini mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Davlatimiz rahbari korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

- Bugun Andijonga tadbirkorlikni kengaytirish, barqaror energiya manbalari yaratish, odamlarning daromadini oshirish uchun keldik. Oyliklaringiz qachon oshadi? Chiqarilayotgan mahsulotning bozori chaqqon bo‘lsa. Buning uchun sifat, bilim, malaka kerak. Shu bois xotin-qizlarimizning kasb egallashiga alohida e’tibor qilyapmiz. Ona rozi bo‘lsa, oila ham, jamiyat ham rozi bo‘ladi, - dedi Prezident.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo