
Davlat rahbari vodiy viloyatlarida bo‘ladi
01.02.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.
Tashrif davomida sanoat korxonalari va yangi uy-joylarni ko‘zdan kechirish, yoshlarga kasb o‘rgatish va aholi bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham bo‘ladi.