31.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish xamda iste’mol kilish soxasida to‘lov intizomini yanada mustaxkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PF-5059-son Farmoni ijrosini ta’minlash maksadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat guzilmasi 1-ilovaga muvofik;
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar boshkarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 2-3-ilovalarga muvofik;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofik;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘grisidagi Nizom 5-ilovaga muvofik;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh lrokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, Majburiy ijro byurosi Qorakalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshkarmalari, Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limlari, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limlari xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 6-9-ilovalarga muvofik tasdiklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) boshkaruv va ishlab chikarish xodimlarining cheklangan soni 9 172 nafar, shu jumladan, markaziy apparatda 104 nafar etib belgilansin, shundan 1 301 nafari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan, 7 871 nafari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablaglari xisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
zarur xollarda Byuro va uning xududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga uzgartishlar kiritish;
Byuro va uning hududiy tuzilmalariga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgarmasi mablag‘lari hisobidan ko‘shimcha shtat birliklari kiritish hukuki berilsin.
3. Belgilansinki, Byuro:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor tomonidan boshkariladi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida xisobdor xisoblanadi.
Byuro direktori makomi, mexnatga xak to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
4. Byuro O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iktisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat solik ko‘mitasi, Davlat statistika ko‘mitasi xamda boshka vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
5. Belgilab ko‘yilsinki:
Byuroga tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Sud departamenti, shuningdek, xukukni muxofaza kiluvchi va boshka organlardan ishga kabul kilingan xodimlarga darajali unvonlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan xal etiladi;
darajali unvonga ega Byuro xodimlari prokuratura organlari xodimlari xisoblanadi xamda ularga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muxofaza kilish choralari tatbik etiladi.
6. Davlat xokimiyati va boshkaruvi organlari, hukukni muhofaza kiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan Byuro xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash takiklanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi:
ikki xafta muddatda Byuroning shtat jadvallari xamda xarajatlar
smetasini tasdiklasin;
2017 yil 1 iyulga kadar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarganligi uchun Byuro xodimlarini moddiy ragbatlantirish tartibini ishlab chiksin va tasdiklasin.
8. Belgilab ko‘yilsinki. Byuroning buyurtmasiga asosan:
“O‘zavtosanoag” AK O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
va Moliya vazirligi tomonidan tasdiklanadigan me’yorlarga muvofik, xizmatda foydalanish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlaydi;
“O‘zbeknefggaz” MXK "O‘zdavneftgazinspeksiya” DI bilan kelishilgan xolda o‘rnatilgan tartibda xizmat va maxsus avtotransport vositalari hamda generagorlar uchun kerakli hajmda benzin va dizel yokilg‘isini ajratilishini ta’minlaydi.
9. “O‘zstandart” agentligi Byuroga tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarining yaroklilik holatini monitoring kilish maksadida ko‘chma laboratoriyalar uchun tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlanishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK boshka manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining mebel, kompyuter texnikasi, aloka vositalari va boshka moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rgansin hamda jixozlanishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur karorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida zarur mablaglar ajratilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik targibi to‘grisidagi Nizomni;
Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoklaridan uzib ko‘yish tartibi to‘grisidagi Nizomni ishlab chikilishi va tasdiklanishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
ikki oy muddatda Byuro xodimlarining xizmat kiyimi va farklovchi belgilari namunalarini tasdiklashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karori loyihasini kiri tishni;
uch oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarini yuklatilgan vazifalarni yukori va professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan, shu jumladan, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK, shuningdek, tugatilayotgan Sud departamenti xodimlari tarkibidan to‘ldirilishini ta’minlasin.
14. Byuro Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalkobod ko‘chasi, 3-tor ko‘chasi, 2-A uyda joylashtirilsin.
Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va rakobatni rivojlantirish davlat ko‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro hududiy tuzilmalarining to‘lakonli faoliyat yurigishini ta’minlash uchun joylashtirish, jihozlash va boshka tashkiliy masalalarni hal etsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 10-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adpiya vazirligi Bosh prokuratura, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Byuroning 2017 yildagi faoliyati samaradorligini o‘rgansin va zarurat tugilganda, uning tashkiliy- shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B.Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shaxri