icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

04.01.2023

4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish sur’ati, shu jumladan o‘zaro tovar ayirboshlash ortayotgani, O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxona va kooperatsiya loyihalari soni oshayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish, shu maqsadda har yili Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston-Rossiya Hududlar forumi imkoniyatlarini samarali ishga solish muhimligi ta’kidlandi.

Neft-gaz sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning 26-27-dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan MDH norasmiy sammitining samarali natijalarini yuksak baholandi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, do‘stona va amaliy ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo