Prezident Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi
25.11.2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.
Tashrif davomida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda xalq bilan muloqot rejalashtirilgan.