icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti YEXHT bosh kotibi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

17.11.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bosh kotibi Xelga Shmid bilan muzokara o‘tkazdi.

YXHT bilan ushbu tashkilot faoliyatining uchta – iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar yo‘nalishlarning barchasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi vaqtda aloqalar faollashgani, ochiq va konstruktiv muloqot rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro hamkorlikka 30 yil to‘lgan joriy yilning o‘zida O‘zbekistonga YXHTning amaldagi raisi Zbignev Rau va YXHTning Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonov tashrif buyurdi. Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi, Parlament assambleyasi va YXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili bilan samarali hamkorlik olib borilmoqda.

Yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha hamda 2026-yilga qadar davrga mo‘ljallangan Terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashish strategiyasi doirasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Suhbat davomida YXHT tuzilmalarining ekspert ko‘magi, ayniqsa O‘zbekistonda demokratik islohotlarni davom ettirish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish masalalarida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Iqtisodiyot va ekologiya yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kuchaytirish, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, kichik biznes va ekologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb muammolari muhokama qilinar ekan, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Afg‘on xalqining muhim gumanitar ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo