icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident qurilish loyihalarining samaradorligiga e’tibor qaratdi

17.10.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Ulardan birinchisi Olimpiya shaharchasi haqida bo‘ldi. Bu majmua 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Shunga muvofiq, xalqaro sport federatsiyalari talablariga javob beradigan olimpiya stadioni, yopiq va ochiq majmualar, suv sporti va eshkak eshish havzalari, mashg‘ulot joylari qurilishi loyihalashtirilgan.

Bu galgi taqdimotda mazkur yirik loyihaning tashkiliy-moliyaviy jihatlari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar bu borada xorijiy kompaniyalarning takliflari, qurilish materiallari va sport jihozlarini yetkazib berish jadvallari haqida axborot berdi.

Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasini qurish bilan birga keyinchalik undan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

– Avvalo, ishlarni aniq rejali qilib, majmuani sifatli qurish, Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish kerak. Yana bir muhim masala – keyinchalik bu shaharchadan qanday foydalanish. Shuning uchun musobaqadan so‘ng, bu yerni ham murabbiylar, ham sportchilarni tayyorlaydigan muassasaga aylantirish zarur. Ma’muriy binolarda Sportni rivojlantirish vazirligi va federatsiyalarni ham joylashtirish mumkin. Shunda bu yerda yaxlit sport muhiti bo‘ladi. Yoshlarimiz uchun sport inshootlari qurish bilan birga metodikani ham rivojlantirib borish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Taqdimotda Parkent tumanida turizmni rivojlantirish loyihasi ham namoyish qilindi.

Bu haqda shu yil 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida aytilgan edi. Prezidentimiz viloyatda turizm imkoniyatlari juda yuqoriligini ta’kidlab, tumanlarda bundan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Shunga muvofiq, Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘laydigan “Toshkent viloyatining oltin halqasi” tashkil etilmoqda. Masalan, Parkent tumanida Kumushkon, Zarkent va So‘qoq qishloqlari atrofida dam olish maskanlari ko‘p. Lekin infratuzilma yetarli bo‘lmagani sababli xizmatlar rivojlanmagan.

Shu bois bu bo‘yicha alohida bosh reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Parkentdagi turizm hududiga olib boruvchi yo‘llar yaxshilanib, elektr energiyasi, ichimlik suvi tarmoqlari quvvati oshiriladi. Qarovsiz adirliklarga suv chiqarilib, soya-salqin maskanlar ko‘paytiriladi. Umuman aytganda, infratuzilma davlat tomonidan barpo etilib, turizm uchun istiqbolli hududlar auksionga qo‘yiladi.

Davlatimiz rahbari bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy loyiha ekanini ta’kidlab, infratuzilmani qurish ishlarini tizimli olib borish uchun boshqaruv kompaniyasi tuzish taklifini bildirdi.

Taqdimotda Surxondaryo viloyatidagi Hakim at-Termiziy maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoitlarni kengaytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo