O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O'zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube

Sayt bo‘yicha qidiruv

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish
Tumanlarda ishlab chiqarish ko‘paymoqda

06.10.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanidagi “Politeks Sirdaryo” paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasini borib ko‘rdi.

Ilgari Sayxunobod tumanida sanoat umuman yo‘q edi, faqat paxta ekilardi. Qishloq xo‘jaligidagi yangilanishlar, klaster tizimi natijasida bu yerda ham sanoat paydo bo‘ldi. Hozir birgina paxtadan ip, kalava, mato, tayyor kiyimlar, chigitdan yog‘, sovun, ozuqa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Xususan, tumandagi “Politeks Sirdaryo” klasterining to‘qimachilik korxonasida ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Germaniya texnologiyasi keltirib o‘rnatilib, 700 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxonaning yillik quvvati 7000 ming tonna bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida Xitoy, Turkiya va Bangladesh davlatlariga 2,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Shuningdek, klaster qoshida yiliga 30 ming tonna yog‘-moy tayyorlaydigan korxona ham mavjud. Unda 100 nafar aholi bandligi ta’minlangan.

Davlatimiz rahbari “Politeks Sirdaryo” korxonasi ip-kalava ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, ishchilar bilan muloqot qildi.

Shu yerda Sirdaryo viloyati to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi. Bugungi kunda viloyatda 9 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yil 268 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Uning yuz foizi hududning o‘zida qayta ishlanadi.

Prezidentimiz ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham suhbatlashdi.

- Bugun Sirdaryoga kelishdan asosiy maqsadimiz – viloyatni aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirish mezonlarini belgilash, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Birinchi mezon, Sirdaryo sharoitida, bu - yer. Klaster egalarining dunyoqarashi o‘zgaryapti, sifatga harakat qilyapti, daromadi oshyapti. Endi ular xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak. Bu manfaat birinchi navbatda ish o‘rni. Masalan, aholiga dehqonchilik uchun yer ajratish orqali 100 ming ish o‘rni yaratish mo‘ljallanyapti. Ikkinchidan, bu yerlarga nima daromadli bo‘lsa, shuni ekish bo‘yicha erkinlik beriladi. Kim bozorni tushunib, ko‘proq mehnat qilsa, naqd daromad oladi. Yana bir muhim tomoni, agar Sirdaryo viloyatida ishsizlikni tugata olsak, bu boshqa hududlar uchun namuna bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Infografika
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan: