icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekistonda islohotlar dasturining bo‘lajak kun tartibi muhokama qilindi

20.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

Maslahatchi Chakrabarti O‘zbekiston yetakchisini Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklab, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamligi tashabbusini yuksak baholadi.

Davlatimiz rahbari ustuvor yo‘nalishlardagi yangilanishlarni birgalikda puxta tayyorlash va keyinchalik amalga oshirish jarayonini davom ettirish zarurligini ta’kidladi. Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, davlat boshqaruvini transformatsiya qilish va samaradorligini kuchaytirish, jamiyat hayotining barcha jabhalarini raqamlashtirish, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini yaratish, yangi kadrlarni tayyorlash shular jumlasidan.

Suma Chakrabarti ushbu masalalarda O‘zbekiston Hukumatiga bundan buyon ham faol ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Suma Chakrabarti O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo