Hindiston Bosh vaziri Samarqandga keldi
16.09.2022
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Hindiston Bosh vaziri O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazadi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.