icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH elchisini qabul qildi

07.09.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Deniyel Rozenblyumning O‘zbekiston-AQSH strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasini qayd etdi.

Keyingi yillarda konstruktiv siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, AQSHning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama dasturlar joriy etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil avgust oyida qabul qilingan farmoniga muvofiq amerikalik diplomat mamlakatimizning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi.

AQSH elchisi uning faoliyatiga berilgan yuqori baho uchun samimiy minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning mustahkamlanishini faol qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo