icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Parlamentining yuqori palatasi Raisi bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

24.07.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Rossiya Parlamentining yuqori palatasi Raisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi hamda unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlar strategiyasini amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yaqin va samarali parlamentlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, bu O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlashga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqaviy hamkorlik doirasida joriy yil may oyida Ashxobod shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Oktabr oyida Toshkent shahrida MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston yetakchisi ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida yaqin va sermahsul hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo