icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Tumanlarda yengil sanoat korxonalari barpo etilmoqda

12.05.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bunyod etilayotgan Yengil sanoat va logistika markaziga bordi.

Bu majmua ham Prezident tashabbusining natijasi. Uchko‘prikda tikuvchi ayollar, oilaviy korxona tashkil etgan, mahalladoshlarini ishli qilgan tadbirkorlar ko‘p. Lekin ular moslashtirilgan sharoitlarda ishlar, bu biznesni kengaytirishga halal berar edi. 

Davlatimiz rahbari viloyatga avvalgi tashrifi chog‘ida tadbirkor ayollar bilan suhbatlashib, ular uchun zamonaviy majmua qurilishiga va’da bergan edi. Shu asosida, 2021-yil 27-may kuni “Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda 15 gektar yer ajratilib, ko‘p qavatli bino barpo etilmoqda. Bu yerda 316 ta ishlab chiqarish sexi, 336 ta savdo do‘koni, 560 ta savdo rastasi bo‘ladi. Shuningdek, 2 ta logistika markazi tashkil etiladi. Natijada Boboshbek, Bekmurod, Zig‘ir, Paloxon va Yakkamulla kabi mahallalardagi yuzlab tadbirkorlarga zamonaviy qulaylik yaratiladi.

Masalan, birgina Boboshbek mahallasida 5 mingdan ziyod aholi yashaydi. Ular tayyorlayotgan mahsulotlar Qo‘qon bozori orqali yurtimiz hududlari, qo‘shni mamlakatlargacha yetib bormoqda. Endi zamonaviy sharoitlar samarasida bu ko‘lam yanada kengayadi.

Prezidentimiz bu yerda ish boshlagan tikuvchilik korxonalari faoliyati bilan tanishdi, tadbirkorlar va xaridorlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.  

Majmuada yiliga 876 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 18 million dollarlik eksport qilinishi mo‘ljallangan. Jami 7 ming 700 dan ortiq fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishi mumkin.

Qo‘shtepa tumanida ham yana bir to‘qimachilik korxonasi qurilmoqda. “Global textile infinity” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan bu fabrika yiliga 18 million metr yuqori sifatli mato hamda 2 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari to‘qimachilikda qayta ishlash darajasini va mahsulotlar oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

- Bugun bozor beshafqat. Bu raqobatga munosib bo‘lish uchun tadbirkorning kamida besh yillik mo‘ljali, sifat kafolati, tannarxda o‘zining rezervi bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo