icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident hunarmandlarni qo‘llab-quvvatladi

12.05.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida bo‘ldi. 

Korxona rahbari Muhammadali Yunusov milliy yog‘och o‘ymakorligi maktabining munosib davomchisi. Uning ishlari yurtimizdagi ko‘plab maqbara va yangi majmualarga ko‘rk bag‘ishlagan. “Qo‘ligul” hunarmand O‘zbekiston xalq ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan.

Muhammadali Yunusov ijodida “pargori”, “sharafa”, “muqarnas” va “islimiy” uslublar ustuvor. Naqshinkor ustunlar, kursi, lavh, quticha va boshqa oilaviy buyumlar hamisha xaridorgir.

Ustaning shogirdlari ko‘p. Shu bois korxonaga keng sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilmoqda.

–Ota-bobolarimizdan meros hunarni asrab-avaylab, yosh avlodga yetkazayotganingiz, yoshlarni ishli qilayotganingiz uchun rahmat,– dedi Prezident. – Bunday hunarmandchilik turlarini yanada ommalashtirish kerak. Bu ham madaniyat, ham ma’rifat, ham iqtisodiyot.

Davlatimiz rahbari mazkur oilaviy korxona yonida maktab tashkil etish, unda hunarlar bilan birga matematika, geometriya, fizika, kimyo kabi fanlarni ham chuqurlashtirib o‘qitish muhimligini ta’kidladi. Toshkent, Samarqand, Xiva va Buxoroda ham shu kabi yog‘och o‘ymakorligi markazlari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo