icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xotira va qadrlash kunida xorijiy hamkorlardan qutlovlar kelmoqda

09.05.2022

Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar rahbarlari va taniqli siyosiy arboblaridan, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining Buyuk G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etganlar. Tabriknomalarda bugungi erkin va tinch hayotimiz yo‘lida jang maydonida chinakam qahramonlik, mislsiz jasorat va matonat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga chuqur hurmat-ehtirom va minnatdorlik bildirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik, mamlakatimizga barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi Raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev,

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo