icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash to‘g‘risida

25.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazaning tizimli shakllantirilishini tashkil etish, 2021 — 2023-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashida O‘zbekiston Respublikasining a’zoligi samarali amalga oshirilishini ta’minlash doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida:

1. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tuzilmasida “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining 6 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga:

2 ta shtat birligidan iborat Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi” tashkil etilsin;

matbuot kotibi lavozimi negizida Matbuot xizmati tashkil etilsin va qo‘shimcha 2 ta shtat birligi kiritilsin;

Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ma’rifat bo‘limi hamda Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘limiga qo‘shimcha 1 tadan shtat birligi kiritilsin.

2. Markazga quyidagi qo‘shimcha asosiy vazifalar yuklatilsin:

inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari doimiy chop etilishini ta’minlash;

inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.

3. Yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan hamda Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan xodimlarni yanada rag‘batlantirish maqsadida Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yillik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi tashkil etilsin.

Belgilansinki, maxsus fond mablag‘lari Markaz direktorining buyrug‘iga binoan Markazning boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga ularning mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi.

Markaz (A.X. Saidov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda maxsus fond mablag‘laridan foydalanish tartibi, shuningdek, Markaz xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlasin.

4. Markaz direktoriga belgilangan mehnatga haq to‘lash fondidan tejab qolingan, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi sababli bo‘shab qolgan mablag‘larni Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish huquqi berilsin.

5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 15-uy manzilida joylashgan Markaz binosining “B” korpusini rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirsin;

Markazni Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi” faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborot-kutubxona dasturiy ta’minoti, multimedia mahsulotlari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Markaz direktori A.X. Saidov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                   Sh. MIRZIYOYEV

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo