icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Rossiya Prezidenti O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

21.03.2022

21-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z bilan samimiy tabriklab, farovonlik va ravnaq tiladi.

Yetakchilar mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan ham bir-birini chin yurakdan qutladilar.

Keyingi yillarda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi misli ko‘rilmagan yuksak – strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga chiqqani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Amaliy hamkorlikning samarali mexanizmlari faoliyat yuritmoqda, uning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Tovar ayirboshlash barqaror oshib bormoqda. O‘tgan yil yakunida o‘zaro savdo ko‘rkatkichi 7,5 milliard dollarga yetdi, joriy yil boshidan esa 50 foizga ortdi.

 Ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalari hajmi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etmoqda. Ikki mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Rossiyaning nufuzli delegatsiyasi shu hafta poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Toshkent Xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi kutilmoqda.

Faol madaniy-gumanitar almashinuv davom etmoqda.

Muloqotda savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi kabi muhim sohalarda, shu jumladan O‘zbekiston va Rossiya hududlarining yetakchi korxonalarini jalb qilgan holda ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat vazirlik va idoralarining oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamda amalga oshirish bo‘yicha faol aloqalari va o‘zaro muvofiqlashgan ishini davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Mintaqa va xalqaro kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek do‘stona va ishonch ruhida o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo
image