icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti BMT Kontrterror boshqarmasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

02.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari – Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi. U BMTning Global aksilterror strategiyasi bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Uchrashuv avvalida Vladimir Voronkov O‘zbekiston Prezidentiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ertaga poytaxtimizda ish boshlaydigan ikki kunlik nufuzli xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi va uning tashkil etilgani uchun alohida minnatdorlik bildirildi.

Mamlakatimizning BMT institut va tuzilmalari, shu jumladan Kontrterror boshqarmasi bilan amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari sermahsul hamkorlikning bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, O‘zbekiston boshqarmaning terrorchilikka qarshi kurashish borasidagi 15 ta loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining yangilangan Qo‘shma harakat rejasini amalga oshirish va loyihalar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi doirasida ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazish, yoshlarni ekstremizm va terrorizmning salbiy ta’siridan himoya qilish, “qaynoq nuqtalar”dan qaytarilgan shaxslarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish sohasida tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mintaqa kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi, afg‘on xalqiga ko‘maklashish va yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va BMT Kontrterror boshqarmasi o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo