Prezident Samarqandga jo‘nab ketdi
10.02.2022
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatida bo‘ladi.
Bugungi kunda Samarqandda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Mahallabay tarzda aholi farovonligini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Tashrif davomida shunday islohotlar natijasi, yangi inshootlar qurilishi bilan tanishish rejalashtirilgan.