![](/img/menu.png)
Shavkat Mirziyoyev Pekindagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi
13.05.2017
![](/uploads/7e5a6d27-039d-c016-54a5-87a525c09295.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrining Tyananmen maydonidagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.
Mazkur Xalq qahramonlari yodgorligi Xitoy xalqining XIX-XX asrlardagi kurashlarda qurbon bo‘lgan farzandlari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Xitoyliklarning 1840-1949-yillarda ro‘y bergan tarixiy voqealardagi kurashlari oq marmardan ishlangan sakkizta barelefda aks ettirilgan. Yodgorlik 1952-1958-yillarda qurilgan. Uning balandligi 37,94 metr, maydoni 3 ming kvadrat metr. Monumentga Mao Szedunning «Xalq qahramonlariga abadiy shon-sharaflar bo‘lsin!» degan so‘zlari yozilgan.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy xalq qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.