icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Shveytsariya Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

11.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Shveytsariya Konfederatsiyasi Prezidenti Doris Loytxard mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan bir-birini qutladilar. 

O‘zbekiston Prezidenti o‘z tabrigida o‘zaro munosabatlarni yuqori baholab, o‘tgan davrda mamlakatlarimiz o‘rtasida "An’anaviy mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuvga asoslangan teng huquqli hamkorlik o‘rnatilgan. Munosabatlarning barcha masalalari bo‘yicha ochiq va amaliy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. O‘zaro aloqalarning deyarli barcha yo‘nalishlari qamrab olingan salmoqli shartnomaviy-huquqiy baza shakllangan", deb ta’kidlagan. 

Bugungi kunda "O‘zbekiston bilan Shveytsariya o‘rtasida, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy-texnologik sohalardagi sheriklik aloqalarini izchil rivojlantirish uchun katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud"ligi qayd etilgan. O‘zbekiston "oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir qo‘shma loyiha va dasturlarda Shveytsariya kompaniyalarining keng ishtirok etishi"ga ishonadi. 

Shveytsariya Prezidenti qutlovida bunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasining Shveytsariya bilan ko‘p yillik do‘stlik aloqalari uchun chuqur minnatdorlik bildiraman". 

"Shveytsariya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin munosabatlar va turli sohalardagi hamkorlik mamlakatlarimizning do‘stligini ifoda etadi. Shveytsariya O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, ikki tomonlama iqtisodiy komissiyalarning muntazam uchrashuvlari davlatlarimiz o‘rtasida savdo sohasidagi ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi", deb ta’kidlangan. 

"Shveytsariyaning yaqinda tiklangan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasida Shveytsariya O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlik qilish tarafdori ekani aks ettirilgan. Iqlim o‘zgarishi, mintaqaviy suv ta’minoti va sanitariya masalalariga e’tibor qaratish mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonaman", deyilgan qutlovda. 

Prezident Doris Loytxard O‘zbekiston bilan Shveytsariya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanini ta’kidlagan. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo