icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy kengash sammitida ishtirok etadi

09.11.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun  11-12-noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan Kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Sammit yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarni ilgari surish maqsadida tuzilgan.

Bugungi kunda Kengashga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. Mamlakatimiz tashkilotga 2019-yilda qo‘shildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo