icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

26.10.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Pokiston Hukumati rahbari mamlakatimiz yetakchisini saylov kampaniyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va Prezident saylovida ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan samimiy qutlab, do‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri ikki tomonlama hamkorlikda barqaror rivojlanish tendensiyasi kuzatilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil iyul oyida o‘tgan Toshkent sammiti davomidagi samarali uchrashuvlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini aniq mazmun bilan boyitib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga xizmat qildi.

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari ortayotgani, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining sanoat kooperatsiyasi ko‘lami kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. Investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa sohalarda yangi loyiha va dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Ushbu mamlakatda tinchlik o‘rnatilishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishga ko‘maklashish maqsadida xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish muhim ekani qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo