icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

11.10.2021

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish hamda davlat rahbari sifatida bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 11-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.

Davlat rahbari avvalo Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi.

Bu ulug‘ mutafakkir XI asrda yashagan. Moturidiya ta’limotining davomchisi, aqida ilmining yetuk bilimdoni sifatida dinimiz sofligini saqlagan, adashganlarni ma’rifat bilan to‘g‘ri yo‘lga boshlagan. Lekin uzoq yillar uning merosi ham, qadamjosi ham e’tibordan chetda qolib ketgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan alloma maqbarasi obod va ulkan ziyoratgohga aylantirildi. Davlatimiz rahbari ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bu yerda yangi masjid, muzey, kutubxona va ma’muriy binolar qurilgan. Daraxtlar, gullar ekilib, so‘lim bog‘ tashkil etilgan. Abu Muin Nasafiy kitoblarining nomi va o‘gitlari yozib qo‘yilgan. Ziyoratgohda XI asrga oid yodgorlik va quduq, XIII asrda qurilgan eski masjid ham saqlanib qolgan.

Prezidentimiz yangi masjid va muzeyni kirib ko‘rdi. Muzeyda Abu Muin Nasafiyning hayoti va asarlari multimedia vositalari orqali aks ettirilgan. Bu yerda qadimgi Samarqand qog‘oziga bitilgan Qur’oni karimning asl nusxasi, matoga to‘qib yozilgan muqaddas oyatlar ham saqlanmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev alloma asarlari bugungi kunda ham dolzarbligini, ularning mag‘zini xalqimizga, yoshlarga yetkazish kerakligini ta’kidladi. Shu maqsadda Qarshi davlat universiteti qoshida Abu Muin Nasafiy nomida ilmiy markaz tashkil etish taklifini bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo