icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham

07.10.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga kelib, “Sirdaryo mega lyuks” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 

O‘tgan yili bu yerda polipropilendan katta sig‘imli qoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. “Yumshoq konteyner” deb ataluvchi bu qoplar 500 kilogramdan 5000 kilogramga yuk ko‘taradi. Ularga ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi, logistika kabi ko‘plab sohalarda talab yuqori. “Sirdaryo mega lyuks” yiliga 132 million dona shunday mahsulot tayyorlash quvvatiga ega.

Yettita korpusdan iborat ulkan korxona izchil rivojlanib bormoqda. Joriy yil may oyida ikki qavatli plyonka tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Yaqin oylarda strech plyonka va spanbond texnologiyasi asosida noto‘qima mato ishlab chiqarish boshlanadi. 

Hozirda korxonada 2 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan. Mazkur loyihalar to‘liq quvvatga chiqqach, ish o‘rinlari 5 mingga yetadi.

Bugungi kunda Rossiya, Isroil, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi 14 ta mamlakatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. Yangi loyihalar bilan birgalikda eksport hajmi 215 million dollarga yetishi mo‘ljallangan. 

Davlatimiz rahbariga istiqboldagi loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. 

Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha texnopark tashkil etib, umumiy qiymati 350 million dollar bo‘lgan sakkizta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun 260 million dollar investitsiya jalb etilib, Germaniya, Italiya, Avstriya texnologiyasi o‘rnatiladi.

Prezidentimiz loyihalarning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ijtimoiy jihatiga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

- Bu mahsulotlarning xomashyosi o‘zimizda, ona zaminimizda. Bundan aql bilan foydalanib, narx va sifat mutanosibligi ta’minlansa, mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘ladi. Faqat iqtisodiy emas, iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar qilish kerak. Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Zarur mablag‘ yo‘naltirib, ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish, kelgusida ishchilar uchun uy-joylar barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo