icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi

01.10.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga milliy bayram - XXR tashkil topgan kun munosabati bilan. Davlatimiz rahbari Xitoy yetakchisiga mustaham sog‘lik, oilaviy baxt va katta muvaffaqiyatlar, do‘st Xitoy xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

“Xitoyning global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, yangi tahdid va xatarlarga, shu jumladan iqlim o‘zgarishi va COVID-19 pandemiyasiga qarshi samarali kurashishdagi faol sa’y-harakatlari va salmoqli hissasi eng yuksak e’tirofga munosib.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

O‘rtamizdagi do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangan mustahkam shaxsiy munosabatlarimizni chin dildan e’zozlayman. Sizning ko‘p qirrali O‘zbekiston-Xitoy hamkorligiga qaratayotgan alohida e’tiboringizni yuksak qadrlayman.

Ishonchim komil, Sizning bo‘lajak davlat tashrifingiz va Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi sammitida ishtirokingiz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi”, - deyiladi maktubda.


 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo